Tarkibga o'tish

Biznesni masshtablash uchun mobil ilovalar ishlab chiqish 

Biznes-ekotizimingizning ajralmas qismiga aylanadigan nativ ilovalar (iOS, Android) yaratamiz. To‘liq sikl: arxitektura va UX’dan tortib, nashr qilish va SLA bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashgacha. To‘lovlar, xaritalar va CRM’ni uzluksiz integratsiya qilamiz.

4–8 hafta
MVP ishga tushguncha
99.9% SLA
barqarorlik kafolati
IT Park Resident

Bizga ishonadigan kompaniyalar

Mobil ilova biznesda qanday vazifalarni hal qiladi

Bozorga chiqishning cho‘zilishi

Muammo: G‘oya bor, lekin ishlab chiqish va bozorni test qilish oylarga cho‘zilib ketadi.

Yechim: 4–8 hafta ichida ishchi MVP’ni ishga tushiramiz (Flutter + Backend).

Natija: Gipotezalarni tezkor tekshirish va ilk savdolar.

Mijozlarni yo‘qotish

Muammo: Mijozlar yozilishni unutadi, to‘lovni kechiktiradi yoki raqobatchilarga ketadi.

Yechim: Push-xabarlar, sodiqlik dasturi, avto-eslatmalar va onlayn to‘lov.

Natija: Mijozlar ketishi (Churn) kamayadi, takroriy xaridlar oshadi.

Operatsion yuklama

Muammo: Menejerlar vaqtini qo‘ng‘iroqlar, Telegram yozishmalari va Excel jadvallariga sarflaydi.

Yechim: Mijozning shaxsiy kabineti + 1C/CRM va to‘lov tizimlari integratsiyasi.

Natija: Jarayonlar shaffoflashadi, xodimlar vaqti tejaladi.

Ma'lumotlar tarqoqligi

Muammo: Ma'lumotlar har xil joyda, takrorlanadi, biznesning yaxlit manzarasi yo‘q.

Yechim: API sinxronizatsiyasi: ilova, ERP va CRM yagona mexanizm kabi ishlaydi.

Natija: Aniq raqamlar asosida boshqaruv qarorlari.

Yuklama paytidagi barqarorlik

Muammo: Ilova «pik» soatlarda ishlamay qoladi, ma'lumotlar yo‘qoladi.

Yechim: Highload arxitektura, 24/7 monitoring, serverlarni avtomatik kengaytirish.

Natija: Yuqori yuklamalarda ham uzluksiz ishlash.

Analitikaning yo‘qligi

Muammo: Foydalanuvchilar ilovada nima qilayotgani va qayerda chiqib ketayotgani noma'lum.

Yechim: Mahsulot analitikasi (GA4, Firebase) va voronkalar.

Natija: Zaif nuqtalarni topish hisobiga konversiya o‘sishi.

Ish jarayoni

  1. Tahlil va Strategiya

    Biznes-modelingizni chuqur o‘rganamiz. Texnik topshiriq (TZ) tuzamiz, KPI’larni belgilaymiz va byudjet o‘sib ketmasligi uchun loyiha chegaralarini (Scope) fiks qilamiz.

  2. Loyihalash (UX)

    Ilovaning to‘liq interaktiv prototipini yaratamiz. Qimmatbaho dasturlash bosqichi boshlanishidan oldin mantiq va ssenariylarni test qilasiz. Xatolarni boshida yo‘qotamiz.

  3. UI-Dizayn va Tizim

    Zamonaviy interfeys va UI-kit (dizayn-tizim) ishlab chiqamiz. Bu kelajakda yangi funksiyalar qo‘shilganda ham ilova qulay va chiroyli bo‘lib qolishini kafolatlaydi.

  4. Dasturlash (Agile)

    Sprintlar asosida ishlaymiz. Har hafta tayyor funksional bo‘yicha demo o‘tkazamiz. Siz shunchaki qog‘ozdagi hisobotni emas, real natijani ko‘rib borasiz.

  5. Testlash va Ishga tushirish

    QA-muhandislarimiz mahsulotni barcha qurilmalarda tekshiradi. App Store / Google Play’ga joylash va analitikani sozlashni o‘z zimmamizga olamiz.

  6. Qo‘llab-quvvatlash va Rivojlantirish

    Relizdan keyin tashlab qo‘ymaymiz. SLA-qo‘llab-quvvatlash (barqarorlik kafolati)ni taqdim etamiz va foydalanuvchilarning real ma'lumotlari asosida mahsulotni rivojlantiramiz.

Ishlab chiqish qiymati

Biz texnik audit asosida shaffof smeta tuzamiz. Siz nima uchun pul to‘layotganingizni aniq bilasiz va ortiqcha funksiyalar uchun xarajat qilmaysiz.

Byudjet nimalardan shakllanadi

  • Biznes-mantiq va ssenariylar murakkabligi
  • Integratsiyalar chuqurligi (1C, ERP, banking, ekvayring)
  • Platformalar (iOS, Android, Web) va rollar soni
  • Yuklama (Highload) va xavfsizlik talablari
  • Relizdan keyingi SLA-qo‘llab-quvvatlash darajasi

TZ tasdiqlangandan so‘ng, yakuniy summani shartnomada fiks qilamiz. Ish jarayonida narx o‘zgarmaydi.

FAQ

Mobil ilova ishlab chiqish qancha turadi?

Narx individual hisoblanadi: funksionallik, dizayn, integratsiyalar va qo‘llab-quvvatlash darajasiga bog‘liq. Smetani shartnomada fiks qilamiz va byudjetdan chiqmaymiz (kelishilgan ish hajmi o‘zgarmasa).

Ishga tushirish (launch) muddatlari qanday?

MVP ni ishga tushirish uchun minimal muddat — 4–8 hafta. Biz moslashuvchan metodologiyadan foydalanamiz: har hafta demo ko‘rsatib, jarayon shaffofligini ta'minlaymiz. Muddatlar va bosqichlar shartnomada fiks qilinadi.

Ilova va kodga bo‘lgan huquqlar kimga tegishli bo‘ladi?

Barcha eksklyuziv huquqlar buyurtmachiga tegishli va bu shartnomada mustahkamlanadi. To‘lovdan so‘ng barcha dastlabki kod (source code), repozitoriylar va hujjatlarni sizga topshiramiz.

Relizdan keyingi qo‘llab-quvvatlashga nimalar kiradi?

SLA bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash — bu monitoring, xatolarni tuzatish, iOS/Android yangi versiyalariga moslashtirish va ishlash samaradorligini optimallashtirish. SLA 99.9% uptime gacha, tezkor reaksiya va shaffof hisobotlar.

Ilovani mavjud tizimlarimiz bilan integratsiya qilish mumkinmi?

Ha. Biz mobil ilovalarni 1C, CRM, ERP, to‘lov tizimlari va tashqi servislarning API’lari bilan integratsiya qilamiz. Barcha ulanishlar himoyalangan kanallar orqali o‘tadi.

Sifat va xavfsizlikni qanday kafolatlaysiz?

Biz MASVS standartlariga rioya qilamiz, har bir relizdan oldin kod-review va testlar o‘tkazamiz. Ma'lumotlar shifrlanadi, barcha operatsiyalar hujjatlashtiriladi.

Avval kichik hajmda boshlab, keyin loyihani kengaytirish mumkinmi?

Ha, ko‘p hollarda biz MVP’dan boshlaymiz: 4–8 hafta ichida minimal funksionalli versiya, keyin uni bosqichma-bosqich kengaytirish mumkin. Bu xatarlarni kamaytiradi va bozorga tezroq chiqish imkonini beradi.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Kontakt qoldiring. Vazifani tahlil qilamiz, xatarlarni ko‘rsatamiz va aniq yechim taklif qilamiz.

Ish vaqti: Dush–Juma 09:00–19:00 · Email: hello@axium.uz

Jarayon qanday kechadi

  1. Tanishuv suhbati: Maqsadlarni aniqlaymiz. Zarurat bo‘lsa, darhol NDA (maxfiylik shartnomasi) imzolaymiz.
  2. Chuqur tahlil: Jarayonlaringizga sho‘ng‘iymiz. Texnik xatarlar va integratsiya nuqtalarini (1C, CRM) aniqlaymiz.
  3. Aniq reja va taklif: Bosqichlar, muddatlar va fiks qilingan byudjet ko‘rsatilgan tijorat taklifini (SOW) tayyorlaymiz.
✅ Maxfiylik kafolatlanadi ⏱️ Mutaxassis javobi
Vazifa turi *

So‘rov 1 daqiqa vaqt oladi