Tarkibga o'tish

Biznes uchun raqamli yechimlar:  mobil ilovalar va ekotizimlar korporativ tizimlar va integratsiya biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish mobil ilovalar va ekotizimlar

Biz mobil ilovalar va ichki tizimlarni ishlab chiqamiz, jarayonlarni avtomatlashtiramiz va servislarni integratsiya qilamiz. Kompaniyalarga texnologiyalarni oqilona va ortiqcha xarajatlarsiz joriy etishda yordam beramiz.

  • Biznesga aniq texnologik qarorlar qabul qilishda yordam beramiz
  • Jarayonlarni optimallashtiramiz va qo‘l mehnatini qisqartiramiz
  • MVP’ni 4–8 haftada ishga tushiramiz
4–8 hafta
tayyor MVP
≤24 soat
muammolarga reaksiya
95%
muddatga rioya
IT Park Resident

Bizga ishonishadi

Xizmatlarimiz

Biznesni tezlashtiradigan va jarayonlarni shaffof qiladigan raqamli mahsulotlarni yaratamiz. Biz shunchaki kod yozmaymiz, balki aniq biznes-vazifalarni hal qilamiz: mobil ilovadagi sotuvlarni yo‘lga qo‘yishdan tortib, operatsion faoliyatni to‘liq avtomatlashtirishgacha. Kompaniyangizni qanday kuchaytirib berishimizni bilish uchun kerakli yo‘nalishni tanlang.

Mobil ilovalar

Biznes uchun real daromad keltiradigan ilovalar (iOS, Android) ishlab chiqamiz. 4–8 hafta ichida ishchi MVP’ni ishga tushiramiz.

Web-tizimlar (CRM/ERP)

Individual ERP va CRM-tizimlarni yaratamiz. Noyob jarayonlaringizni raqamlashtiramiz va avtomatlashtiramiz, operatsion faoliyatda to‘liq tartib o‘rnatamiz.

AI va Avtomatlashtirish

Sun’iy intellektni (RAG, botlar) faqat pulni tejaydigan o‘rinlarda joriy qilamiz. Xarajatlarni qisqartirish uchun qo‘l mehnatini algoritmlar bilan almashtiramiz.

Integratsiyalar (1C, API)

1C, CRM, banklar va marketpleyslarni yagona IT-infratuzilmaga birlashtiramiz. Ma'lumotlar lahzada va yo‘qotishlarsiz uzatiladi.

Konsalting va Audit

Chuqur IT-audit o‘tkazamiz va o‘sish nuqtalarini aniqlaymiz. Mulkdorlar va C-level rahbarlar uchun raqamli transformatsiya strategiyasini (roadmap) quramiz.

Qo‘llab-quvvatlash va SLA

Biznesingizning 24/7 rejimida uzluksiz ishlashini ta'minlaymiz. Tizimlar faoliyati va reaksiya tezligiga moliyaviy (SLA bo‘yicha) kafolat beramiz.

Keyslar va Ekspertiza

Biz shunchaki dasturchilar emas, balki raqamli tizimlar arxitektorimiz. Biznes-jarayonlarni chuqur o‘rganib, murakkab B2B-vazifalarni hal qilamiz. Bu yerda mijozlarning real muammolarini qanday yechganimizni va amaliyotda o‘zini oqlagan natijalarni ko‘rsatamiz.

Nega aynan Axium

Muhandislik intizomini biznes maqsadlari bilan birlashtiramiz. Jarayonlarimiz shunday qurilganki, xaosga o‘rin yo‘q: muddatlar bajariladi, investitsiya qaytimi (ROI) esa tezlashadi.

Shaffoflik va aniqlik

vositalar
  • Har haftalik demo-namoyishlar
  • Yagona vazifalar doskasi
  • Status bo‘yicha haqqoniy hisobotlar
biznesga foydasi
  • Loyiha borishini to‘liq nazorat qilasiz
  • Rejalarni ishonch bilan, kutilmagan «surprizi»larsiz tuzasiz

Moliyaviy xavfsizlik

vositalar
  • Qat'iy belgilangan hajm (Scope)
  • O‘zgarishlarni boshqarish reglamenti
biznesga foydasi
  • Byudjet nazoratsiz o‘sishdan sug‘urtalangan
  • Har qanday qo‘shimcha ishlar fakt bo‘yicha emas, oldindan kelishiladi

Tezkor bozorga chiqish (Time-to-Market)

vositalar
  • Bosqichma-bosqich relizlar
  • Staging-muhitda testlash
  • Avtomatlashtirilgan yetkazib berish (CI/CD)
biznesga foydasi
  • Foydalanuvchilar qiymaitni tezroq oladi
  • Siz daromad olishni va gipotezalarni tekshirishni ertaroq boshlaysiz

Sifat va masshtablash

vositalar
  • Qat'iy kod standartlari
  • Senior muhandislar tomonidan Code Review
biznesga foydasi
  • Prodakshenda xatoliklar minimal darajada
  • Tizim qayta yozilmasdan turib, yuklama o‘sishiga tayyor

Xavfsiz yangilanishlar

vositalar
  • Feature flags (bosqichma-bosqich yoqish)
  • Kanareyka relizlari (segmentlab ochish)
biznesga foydasi
  • Yangi funksiyalar joriy foydalanuvchilar ishini buzmaydi
  • Har qanday anomaliyada o‘zgarishlar bir zumda ortga qaytariladi

24/7 barqarorlik

vositalar
  • Avtotestlar va health-check
  • SLA va insidentlar monitoringi
biznesga foydasi
  • Siz uxlayotganingizda ham servis barqaror ishlaydi
  • Muammolarni mijozlar sezishidan oldin aniqlab, hal qilamiz

FAQ

Mobil ilova ishlab chiqish narxi qanday shakllanadi?

Biz narxlarni «osmondan olib» aytmaymiz. Qisqa brifdan so‘ng bosqichlarni batafsil baholaymiz, smetani fiks qilamiz va kelishilgan ish hajmi o‘zgarmasa, byudjet oshib ketmasligiga kafolat beramiz.

Loyihani ishga tushirish qancha vaqt oladi?

Biz ishchi MVP (mahsulotning birinchi versiyasi)ni 4–8 hafta ichida ishga tushiramiz. Bu sizga bozorga tezroq chiqish va daromad olishni boshlash imkonini beradi.

Biznesni mobil ilovasiz ham avtomatlashtirish mumkinmi?

Ha. Ko‘pincha veb-tizim (shaxsiy kabinet, CRM, ERP) mobil ilovaga qaraganda samaraliroq va arzonroq bo‘ladi. Biz ortiqcha xarajatlarsiz vazifangizni hal qiladigan yechimni tanlab beramiz.

Qaysi texnologiyalar bilan ishlaysiz?

Biz texnologiyani vazifaga moslab tanlaymiz. Barqarorlik, xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlash qulayligini kafolatlaydigan sinovdan o‘tgan zamonaviy steklardan (Flutter, Python, React) foydalanamiz.

Relizdan keyin loyiha bilan nima bo‘ladi?

Biz sizni ishga tushirishdan keyin yolg‘iz qoldirmaymiz. SLA bo‘yicha qo‘llab-quvvatlashni taklif qilamiz: ishchi holatni kafolatlaymiz, nosozliklarni tezkor bartaraf etamiz va ilovani yangilab boramiz.

Yechimni mavjud tizimlarimiz bilan integratsiya qilasizmi?

Ha. Biz mobil ilova va veb-servislarni sizning 1C, CRM, ERP va to‘lov tizimlaringiz bilan yagona raqamli ekotizimga birlashtiramiz — ma‘lumotlar uzluksiz almashinadi.

Kod va ilovaga bo‘lgan huquqlar kimga tegishli?

Dastlabki kod, dizayn va ma‘lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha eksklyuziv huquqlar shartnoma bo‘yicha sizga o‘tadi. Biz yuridik tozalik va to‘liq maxfiylikni (NDA) kafolatlaymiz.

Loyihangizni muhokama qilaylik

Kontakt qoldiring. Vazifani tahlil qilamiz, xatarlarni ko‘rsatamiz va aniq yechim taklif qilamiz.

Ish vaqti: Dush–Juma 09:00–19:00 · Email: hello@axium.uz

Jarayon qanday kechadi

  1. Tanishuv suhbati: Maqsadlarni aniqlaymiz. Zarurat bo‘lsa, darhol NDA (maxfiylik shartnomasi) imzolaymiz.
  2. Chuqur tahlil: Jarayonlaringizga sho‘ng‘iymiz. Texnik xatarlar va integratsiya nuqtalarini (1C, CRM) aniqlaymiz.
  3. Aniq reja va taklif: Bosqichlar, muddatlar va fiks qilingan byudjet ko‘rsatilgan tijorat taklifini (SOW) tayyorlaymiz.
✅ Maxfiylik kafolatlanadi ⏱️ Mutaxassis javobi
Vazifa turi *

So‘rov 1 daqiqa vaqt oladi